O‘zbekiston | 07:57 / 13.09.2022
5963
2 daqiqa o‘qiladi

Rashid Alimov: «O‘zbekiston tashabbuslari mintaqani dengiz va okeanlarga yaqinlashtiradi»

O‘zbekiston nafaqat o‘tgan yil, balki qariyb 4 yildan buyon ShHT 2018 yilda Tsindao (Xitoy)da o‘tgan sammitidan boshlab yo‘nalish berib kelyapti. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasi professori, ShHT sobiq bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi.

Rashid Alimov

«Raislik qiluvchi tomon doim liderdir, u yo‘nalishni belgilaydi. Ammo O‘zbekiston nafaqat o‘tgan yil, balki qariyb 4 yildan buyon ShHT 2018 yilda Tsindao (Xitoy) da o‘tgan sammitidan boshlab yo‘nalish berib kelyapti. Mamlakat tashabbusi tufayli hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Gap miqdorda emas, balki bu tadbirlar samaradorligida», dedi u. 

Bildirilishicha, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston ShHT faoliyati asosiy qismini boyitgan va tashkilot faoliyatidagi bo‘shliqlarni to‘ldirgan qator tashabbuslar bilan chiqdi. 

«Xususan, transport aloqasi bilan bog‘liq masalalarni eslatib o‘tmoqchiman. Masalan, 2014 yilda Dushanbeda avtomobil tashishlari uchun qulay shart-sharoitlari yaratish bo‘yicha kelishuv qabul qilingan. O‘zbekiston temiryo‘l tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida tashabbus bilan chiqqan, bu temiryo‘l tarmoqlari rivojiga ta’sir ko‘rsatadi», dedi Rashid Alimov. 

Unga ko‘ra, bu, ayniqsa, ShHT mamlakatlari tashqi savdo aylanmasi 7,5 trln dollar, ichki savdo aylanmasi ushbu hajm atigi 10 foizini tashkil etayotgan bir sharoitda ahamiyatli. 

Ma’lum qilinishicha, ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 2017 yilga nisbatan 32 foizga oshgan. 

«Markaziy Osiyo dengiz yo‘llariga chiqa olmaydigan davlatlari bu muvaffaqiyatlardan ayniqsa manfaatdor. Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti hali ham jahon bozorlaridan eng ko‘p uzilgan iqtisodiyotlar qatorida qolmoqda. O‘zbekiston transport aloqasini mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular mintaqani dengiz va okeanlarga «yaqinlashtirishga» imkon beradi», dedi ShHT sobiq bosh kotibi.

Mavzuga oid