Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda barcha tez yordam mashinalari GPS-trekerlar bilan jihozlanadi
Toshkent shahrida fevral oxirigacha barcha tez yordam mashinalari GPS-trekerlar bilan jihozlanadi, deb ma'lum qildi Toshkent shahri sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdulla Ibotov.
Uning aytishicha, bu Toshkent hokimiyati tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida ko‘zda tutilgan. Bu loyihani amalga oshirish uchun 102,2 mln so‘m ajratilgan.
"Hozirda ushbu qurilma o‘rnatilgan 6 ta tez yordam mashinasini sinovdan o‘tkazdik. Natijalar bizga ma'qul bo‘ldi va biz qolgan barcha mashinalarni GPS-treker bilan jihozlashni boshlaymiz. Bu bizga nafaqat mashina yo‘nalishini kuzatishga, balki haydovchilarga yo‘l ko‘rsatishda, ularga eng qisqa yo‘lni aytishga imkon beradi. Shu tariqa, bir tomondan, biz tez yordam xizmati xavfsizligini ta'minlaymiz, boshqa tomondan, butun jarayonni to‘liq nazorat qilamiz", deb aytdi Ibotov.
Hozir Toshkentda 15 tez yordam podstansiyasi mavjud. Toshkentdan keyin bu tajribani butun mamlakat bo‘ylab joriy qilish rejalashtirilgan. Toshkent bu tizimdan qanchalik samarali foydalanishni ko‘rsatadigan o‘ziga xos boshlang‘ich loyiha bo‘ladi.
Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tibbiy xodimlar faoliyatini tanqid qilib, sog‘liqni saqlash vaziridan bu sohani tartibga keltirishni so‘ragan. Xususan, tez yordam xizmati, oilaviy shifokorlar, qishloq vrachlik punktlari va tug‘uruqxonalar faoliyati ham tanqidga uchragan. Vazir bunga javoban barcha mavjud muammolarni bartaraf etishga va'da bergan.
Mavzuga oid
11:52 / 18.03.2022
O‘zbekistonda tez yordam kechikib kelishi bo‘yicha 50 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan
16:00 / 20.01.2022
Toshkentda tez yordam xizmatiga tushgan chaqiriqlar saralanib, ahvoli yengil bemorlarga poliklinikalar xizmat ko‘rsatadi - SSV
07:28 / 13.01.2022
10 kunda tez yordamga qariyb 350 mingta chaqiriq kelib tushdi - SSV
22:32 / 28.12.2021