Toşkentda endilikda tez yordam xizmatiga tuşgan çaqiriqlar saralanib, ahvoli yengil bemorlarga poliklinikalar ham tez tibbiy yordam körsatadi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Sönggi 5 kun içida şahar 103 xizmatiga bölayotgan çaqiriqlar soni keskin oşib, kunlik örtaça 5200-5300 tani taşkil qilmoqda. Ta’kidlanişiça, yanvar oyi boşida bu raqam 3200-3400 tadan iborat bölgan.

«Keyingi kunlarda tez yordam xizmatiga umumiy çaqiriqlar soni ortgani sababli şahar tez tibbiy yordam stansiyasi Call-markaziga poytaxtning 12 tumanida joylaşgan markaziy poliklinikalardan mutaxassislar jalb etilib, çaqiriqlarni saralaş tizimi yölga qöyildi.

Unga köra, endilikda 103 xizmatiga murojaat qilgan bemorning şikoyatlari tinglanib, agar uning ahvoli yengil bölsa, biriktirilgan xodimlar çaqiriqni öz hududi böyiça oilaviy poliklinikalarga yönaltiradi. Şundan söng murojaat qilgan bemorga poliklinikaning mobil brigadalari tomonidan tez tibbiy yordam körsatiladi. Oğir ahvoldagi bemorlar esa tez yordam xizmati bilan qamrab olinadi», deydi Nasiba Mahmudova.

Qayd etilişiça, bu 103 xizmati faoliyatini yaxşilaş, aholiga tezkor, sifatli, eng asosiysi, işonçli va samarali tibbiy xizmat körsatiş imkonini beradi.

Şuningdek, yanvar oyida tez yordam brigadalari tomonidan koronavirus aniqlangan va ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanişlari uçun virusga qarşi dori-darmonlar bölgan COVID-box'lar beriş hamda kasallikka gumon qilingan şaxslardan ekspress-test oliş ham yölga qöyilgan.

Çaqiriqlar soni ortgani va iş yuklamasi köpayib borayotgani sababli kuni keça şahar 103 xizmati tasarrufiga Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan qöşimça 40 ta zamonaviy jihozlangan tez tibbiy yordam maşinasi haydovçilari bilan birga biriktirib berildi. Şuningdek, Call-markaz iş samaradorligini oşiriş uçun 30 ta yangi operator örni yaratilgan.