Qayd etilişiça, sönggi kunlarda butun dunyoda bölgani kabi respublikada ham koronavirus bilan boğliq epidemik vaziyat salbiy tomonga özgara boşladi. Oxirgi 4-5 kunda mamlakatda kasallaniş holatlari soni keskin ortgan, kunlik körsatkiçlar 600 tadan oşgan.
2022 yilning 1-10 yanvar kunlari Respublika tez tibbiy yordam xizmatiga jami 349 ming 436 ta çaqiriq kelib tuşdi. Şundan tana haroratining kötarilişi böyiça 32 ming 400 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka çalingan va boşqa yuqumli kasalliklar bilan 1338 ta murojaat qayd etildi. 2021 yil dekabr oyi dastlabki ön kunligida "Tez yordam"ga murojaatlar soni 320 ming 980 tani taşkil qilgan edi.
Şuningdek, yanvar oyining ilk kunlari “103” xizmatiga bir kunda örtaça 34 ming 600 ta çaqiriq qabul qilingan bölsa, 9-10 yanvar kunlari murojaatlar soni biroz ortib, qariyb 37 mingtaga yetdi.
— Dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq holat juda tez özgarmoqda, — deydi Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasi boş şifokori Doniyor Böriboyev. — Ayniqsa, omikron ştammi sababli vaziyat ança murakkab. Buning ustiga yurtimizda ham uşbu xavfli mutatsiyaga çalingan ilk bemor qayd etilgani, har birimizdan karantin qoidalariga yanada e’tiborli bölişni taqozo etadi.
Joriy yilning 1-10 yanvar kunlari Toşkent şahar “Tez yordam”ga jami 36 ming 925 ta çaqiriq kelib tuşdi. Şundan tana haroratining kötarilişi böyiça 8636 ta, koronavirusga gumon qilingan, kasallikka çalingan va boşqa yuqumli kasalliklar bilan 663 nafar bemor murojaat qildi. Şuningdek, jami 5751 nafar bemor gospitalizatsiya qilindi.
Ötgan 2021 yilning ayni şu davrida Toşkent şahar tez tibbiy yordam stansiyasiga kelib tuşgan umumiy çaqiriqlar soni 20 ming 869 ta, gospitalizatsiya qilingan bemorlar esa 3385 tani taşkil qilgan edi.


















