Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarali mehnat qilgan olimlar moddiy rag‘batlantiriladi
2017 yil 17 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqotlar yakuni bo‘yicha salmoqli natijalarga erishgan olimlarni taqdirlash bo‘yicha takliflar ham tasdiqlandi.
Endilikda yetakchi olimlarni taqdirlash va e'tirof etish uchun Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushgan sof foydaning 10 foizi miqdoridagi chegirma hisobidan shakllantiriladi.
Shuningdek, yurtimizdagi yosh olimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarda qisqa muddatli stajirovkalari ham moliyalashtiriladi.
Mazkur qarorlar yurtimizda faoliyat olib borayotgan olimlarning samarali mehnatlarini munosib baholashda va ularni moddiy tomonlama rag‘batlantirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
12:21 / 31.01.2026
Rossiyada fizik olim urushga qarshi postlari uchun 7 yilga hukm qilindi
10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda
19:21 / 13.09.2024