Leningrad viloyatining Gatçina şahar sudi Sankt-Peterburg yadroviy fizika institutining sobiq xodimi Dmitriy Bogmutni umumiy rejimdagi koloniyaga yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Leningrad viloyati prokuraturasi matbuot xizmati juma kuni, 30 yanvarda xabar berdi.

Olimga nisbatan jinoiy ta’qibga uning ijtimoiy tarmoqlardagi uruşga qarşi izohlari va Rossiyaning Ukrainaga bosqini haqidagi materiallarni, jumladan Deutsche Welle (DW)ning “Pavlogradga hujum, Putin qanday qilib mudofaa uruşiga tayyorlanayotgani va RF armiyasining jang qobiliyatini susaytirişi” nomli videosini repost qilgani sabab bölgan. Şuning uçun u “Rossiya armiyasi haqida feyklar tarqatiş”da ayblangan.

“Men 1975 yilda tuğilganman, mening eng yaxşi yillarim Gorbaçyovning qayta qurişi va 90-yillarga töğri kelgan. ‘Tinçlik — dunyoga!’ degan şiorlar bilan bölgan namoyişlar esga tuşadi. Şu yillar davomida ilgari surilgan tinçlikparvar kun tartibi — aynan şuni sudga yetkazişga urinyapman. Hozir uruşni ‘maqtaş’ni men na qabul qila olaman, na tuşuna olaman. Har qanday uruş faqat qon, azob-uqubat va ölim olib keladi”, — dedi Bogmut sudda sönggi söz bilan çiqar ekan. Uning sözlarini “OVD-Info” naşri keltiradi.

51 yoşli Dmitriy Bogmut kondensatsiyalangan holat (qattiq jism fizikasi)ni tadqiq etiş bölimida texnik bölib işlagan. 2024 yil aprel oyida uni uşlab, tergov hibsxonasiga joylaştirişgan va öşandan beri u qamoqda. Ayblovga köra, olim uruşga qarşi materiallarni, jumladan DW videosini ham 2023 yilda — ya’ni RF hokimiyati DWni “nomaqbul taşkilot” deb e’lon qilişidan ança oldin e’lon qilgan.

2025 yil dekabr oyida Rossiya hokimiyati Germaniyaning jamoat-huquqiy mediakompaniyasi Deutsche Welle'ni “nomaqbul taşkilotlar” reyestriga kiritdi.

DW boş direktori Barbara Massing bu qarorni izohlar ekan, şunday degan: “Rossiya rejimi erkin ommaviy axborot vositalarini sukut saqlaşga majbur qilişga urinayotgan bu navbatdagi harakat uning söz erkinligini qançalar hurmat qilmasligini va mustaqil axborotdan qançalar qörqişini körsatadi”. Germaniya hukumati ham Rossiyaning Deutsche Welle'ga qarşi harakatlarini qat’iy qoralagan.

Rossiyada DWga “noma’lum taşkilot” maqomining berilişi mediakompaniyaga nisbatan çeklovlarning yanada kuçaytirilganini anglatadi. Rossiyada “nomaqbul taşkilot” bilan hamkorlik jinoiy javobgarlikka sabab böladi va katta jarimalar, hatto ozodlikdan mahrum qiliş bilan tahdid qiladi. Rossiya hokimiyati bunday “hamkorlik” sifatida “nomaqbul” maqomiga ega OAVda çiqqan jurnalistik materiallarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişni ham baholaşi mumkin. Ammo qonunga köra, istalgan OAVni öqiş yoki unga obuna bölişning özi uçun javobgarlik nazarda tutilmagan.