Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha yangi direktiva tayyorlanmoqda
AQSh milliy xavfsizlik vazirligi immigratsiya xizmati uchun yangi rahbariyatni tayinladi. Ularning maqsadi - jarayonning boshlang‘ich bosqichida boshpana berishni rad etish oraqli deportatsiyalar sonini oshirish. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Yangi direktivalar 17 fevraldan qoralama variantda saqlanmoqda, ular hali mahalliy bo‘limlarga yo‘llanmagan. Ularga ko‘ra, boshpana bilan ta'minlash xizmati xodimlari arizachining uyiga qaytgan taqdirda kuzatuv ostiga tushishiga doir "asosli tahdidlar" bor yoki yo‘qligiga haqida barcha zarur ma'lumotlar taqdim etilishiga erishishlari lozim.
Direktivaning qoralama varianti bilan tanish manbaning xabar berishicha, yangi ko‘rsatmalarning maqsadi birlamchi tekshiruvda "mavqeni ko‘tarish"dan iborat. Ta'kidlanishicha, ma'muriyat xodimlarga keng ixtiyoriy vakolatlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda, shu tariqa ularga imigratsion sudda qaysi arizalarning tasdiqlanishi mumkinligini aniqlashga imkon beriladi.
AQSh milliy xavfsizlik vazirligi bu ma'lumotga hozircha hech qanday izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
14:38 / 22.06.2026