Sport | 10:31 / 19.02.2017
11500
1 daqiqa o‘qiladi

Anchelotti mojaro markazida

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Germaniya chempionatining 21-turi doirasida «Herta»ga qarshi bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyin mezbon jamoa muxlislariga nisbatan nojoiz ish qilgan.

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski o‘yinga qo‘shib berilgan 6-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Hakam esa o‘yinga 5 daqiqa qo‘shib bergandi. 

O‘yin tugagandan keyin italiyalik mutaxassis maydonni tark etayotib, kiyinish xonasiga yo‘l olarakan, «Herta» muxlislariga qarata o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan.

«Ha, men bu ishni qildim, boisi, ular menga tupurishgandi», — degan bunga izoh bera turib Anchelottining o‘zi.

Mavzuga oid