Bundesliganing 3-turi doirasida «Herta» va «Verder» örtasida keçgan uçraşuv bir jihati bilan futbol tarixida qoladigan böldi. Ilk marotaba Yevropa top çempionatlaridan biri uçraşuvini ayol hakam boşqardi. Bibiana Ştaynhaus – kim özi u?

Foto: Meduza

Bundesligani kuzatib boradigan muxlislar uni Pep Gvardiola bilan boğliq lavha maşhur bölib ketganida tanib olişgandi. Öşanda Ştaynhaus törtinçi hakam sifatida iştirok etgan, «Bavariya» boş murabbiyi Pep Gvardiola esa, hakamga e'tirozini aytmoqçi bölgandi. Qarşisida ayol kişi turganini körgan ispaniyalik murabbiy avvaliga, istehzo bilan söraşib qöyadi, keyin esa, Bibiananing yelkasiga qoqmoqçi böladi. Öşanda qahramonimiz özini juda jiddiy tutgan va maşhur murabbiyning özini mazax qilişiga yöl qöymagandi.

Keyin esa, uning «Bavariya» iştirokidagi kubok öyinlaridan birida röy bergan hodisaning videosi maşhur bölib ketdi. Jarima zarbasini ijro etişga tayyorlanayotgan Frank Riberi egilib, hakamning oyoq kiyimidagi iplar yeçilib ketganini köradi va boğlab qöyişga harakat qiladi. Hazilga jiddiy e'tibor qaratmay, Bibiana Ştaynhaus bu safar ham özini munosib tutgandi.

Uning ayol kişi ekani, oddiy vaziyatlar ham mana şunday munozaralarga sabab bölib ketişi Bibianaga ba'zida noqulaylik tuğdirişini u köp bor ta'kidlagan.

«Men qöyi ligalarda köp işlaganman va u yerdagi munosabat, tezlik murakkab vaziyatlar top öyinlardan köra köproq deb öylayman. Futbolçilar noroziligi, mening ayolligimga urğu berişlarini köp marta boşimdan keçirganman u yerda. Bu tarafdan xavotirim yöq, ammo matbuot tomonidan menga bölgan haddan ziyod e'tibor ba'zida noqulay» – degandi Bibiana.

Uning sözlariga qaraganda, bu işda erkak va ayolning alohida ustunligi yöq. Aynan şuni isbotlaşga harakat qilayotgan ilk ayollardan biri ekani unga faxr tuyğusini beradi.

Bibiana Ştaynhaus hozir 38 yoşda. Ösmirligida futbolçi bölişni istagan, ammo u yerda u qadar muvaffaqiyat qozona olmagaç, 16 yoşida hakamlik sohasiga kirib keladi. U bu olamga kirib kelişida, professional hakam sifatida faoliyat körsatgan otasining ham ahamiyati katta ekanini e'tirof etiş joiz.