Jahon | 15:48 / 19.02.2017
6568
1 daqiqa o‘qiladi

Eron TIV rahbari: "Yadroviy qurol birorta mamlakatga yordam bermaydi"

Foto: EPA

Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif uning mamlakati yadroviy qurol ishlab chiqarmoqchi emasligini ma'lum qildi. Uning Myunxenda bo‘lib o‘tgan xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqi shundan dalolat beradi. TASS agentligi shu haqida xabar berdi. 

"Eron uning yadroviy dasturi tinchlikparvarlikka asoslanganini doim ta'kidlab kelgan. Biz yadroviy qurol yaratmoqchi emasmiz. Bunga abadiy vaqt talab qilinishi mumkin", - dedi Zarif. 

"Barcha bir yilda yadroviy qurolni yaratish uchun bizning qudratimiz yetarli ekanligini aytadi, biroq men aniq va ravshan qilib ma'lum qilamanki, yadroviy qurol hech qachon bizning xavfsizligimiz uchun xizmat qilmaydi, u birorta mamlakatga yordam bermaydi. Hozir yadroviy qurol egalari klubiga qo‘shilish emas, qurolning bu turidan xalos qilish vaqti", - deya qo‘shimcha qildi u.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid