Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston sheriklik va hamkorlik haqida kelishuv imzoladi
Yevropa Ittifoqi va Afg‘oniston sheriklik, hamkorlik va rivojlanish haqida kelishuv imzoladi, deb aytildi YeI bergan bayonotda.
"Bugun biz imzolagan kelishuv biz afg‘on hukumati bilan ishtirok etayotgan sohalarni, jumladan inson salohiyati, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat va qonunlar tuzilishi, migratsiya bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi", deyildi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bayonotida.
O‘z navbatida, kelishuv imzolanishida ishtirok etgan Afg‘oniston moliya vaziri Yeklil Hakimiy ushbu kelishuv Afg‘oniston va YeI o‘rtasidagi sheriklik uchun yangi asos bo‘lishini aytdi.
Kelishuv siyosat, inson, jumladan, ayollar va bolalar huquqlari masalalari bo‘yicha YeI-Afg‘oniston doimiy siyosiy muloqotini nazarda tutadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026