Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiberhujumlar bo‘yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
Foto: Fotolia
2016 yilning to‘rtinchi choragida kiberhujumlar eng ko‘p AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya hududidan amalga oshirilgan. Akamai internet-kompaniyasi olib borgan tadqiqotlar shunday natija ko‘rsatdi. RIA "Novosti" shu haqida xabar berdi.
2016 yilning oxirgi choragida kiberhujumlar umumiy sonining kamayishi fonida DDoS-hujumlar amalga oshirilgan IP-manzillar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
"DDoS-hujumlar amalga oshirilgan asosiy mamlakatlar AQSh (24 foiz), Buyuk Britaniya (10 foiz) va Germaniya (7 foiz) hisoblanadi", - deyiladi hisobotda. To‘rtinchi o‘rinda - Xitoy (6,2 foiz), beshinchi o‘rinda esa Rossiya (4,4 foiz) qayd etilgan.
Tadqiqotda 2016 yilning ilk uch choragi statistikasi ham keltirilgan. Unda birinchi o‘rinni Xitoy, ikkinchi o‘rinni AQSh va uchinchi o‘rinni Turkiya, Tayvan hamda Buyuk Britaniya egallagan.
Mavzuga oid
09:12 / 19.12.2025
Daniya Rossiya bilan bog‘liq guruhlarni ikki kiberhujumda aybladi
11:54 / 25.09.2025
Angliyada aeroportlarga kiberhujumda gumonlangan shaxs hibsga olindi
19:09 / 20.09.2025
Yevropada yirik aeroportlarga kiberhujum uyushtirildi – parvozlar izdan chiqdi
10:11 / 01.08.2025