Ijtimoiy tarmoqlarda hakerlar tomonidan kiberhujum amalga oşirilgani hamda Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar ortidan Markaziy Bank bayonot berdi.

«Şuni ma’lum qilamizki, hozirgi vaqtda tijorat banklari, tölov taşkilotlari hamda tölov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan bunday kiberhujum sodir etilgani qayd qilinmagan», deyiladi xabarda.

Markaziy Bank fuqarolardan noma’lum va şubhali manbalarda tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik, şaxsiy ma’lumotlarni (bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar, parollar) heç kimga bermaslik, faqat rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadigan axborotlarga işoniş, şubhali holatlarga duç kelganda tegişli vakolatli organlarga murojaat qilişni tavsiya etdi.

Avvalroq, Özbekistonning 15 million fuqarosi ma’lumotlari darknetga çiqib ketgani haqidagi xabar tarqalgan edi.