Iqtisodiyot | 14:37 / 19.02.2017
7264
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘uliston iqtisodiyoti rivojiga 5,5 milliard dollar ajratiladi

Mo‘g‘uliston va Xalqaro valyuta fondi (XVF) iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun davlatga 5,5 milliard dollar miqdoridagi zayom taqdim qilishga kelishib olishdi. Bu haqida Reuters XVF ma'lumotiga asoslanib, xabar berdi. 

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, shuningdek ikki tomonlama hamkorlar - Yaponiya va Janubiy Koreya - 3 milliard dollar taqdim etishadi, Xitoy xalq banki esa - 2,19 milliard dollar.

XVFning o‘zi Mo‘g‘ulistonni 400 million dollar miqdoridagi uch yillik zayomlar bilan ta'minlaydi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid