«Chelsi» o‘z transfer rekordini yangilamoqchi
«Monako» yarimhimoyachisi Bernardu Silva tez orada faoliyatini «Chelsi» tarkibida davom ettirishi mumkin. Buni monegaskliklar vitse-prezidenti Vadim Vasilev ham tasdiqladi.
«Silvaga «Chelsi»ning qiziqishi bormi? Ha, ha. Barchasiga batafsil to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman, lekin aytishim mumkin bo‘lgani barcha yetakchi futbolchilarimizga Yevropa grandlaridan takliflar mavjud.
Kelinglar, mavsumni yakunlab olaylik. Shundan so‘ng loyihamizga baho beramiz va bir qarorga kelamiz. Hozir bor e'tiborimiz joriy mavsumda muvaffaqiyat qozonishga qaratilgan», – deya gapirib o‘tdi «Monako» vitse-prezidenti.
Britanining The Times nashri bergan xabarga ko‘ra, «Chelsi» 22 yoshli portugaliyalik futbolchiga klub so‘rayotgan 80 million yevroni to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi. Katta ehtimol bilan transfer shu yil yozdayoq amalga oshadi.
Mavzuga oid
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024