Jahon | 22:41 / 20.02.2017
3496
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya 2017 yilda mudofaaga xarajatlarini 8 foizga oshiradi

Germaniya 2017 yilda mudofaaga xarajatlarini 8 foizga oshiradi. Bu haqda 20 fevralda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens bilan bergan matbuot-anjumanda aytib o‘tdi.

"Germaniya joriy yilda o‘z harbiy xarajatlarini 8 foizga oshiradi, biroq yalpi ichki mahsulotning 2 foizlik ko‘rsatkichiga erishish uchun katta yo‘lni bosib o‘tish kerak", deb aytgan Stoltenberg.

Stoltenberg Pensga Yevropa davlatlari harbiy xarajatlarini faol oshirishlariga va'da berdi.

2016 yilda Germaniyaning harbiy xarajatlari uning YaIMining 1,15 foizini tashkil qilgan. Ayni vaqtda AQShdan tashqari, NATOga kiruvchi 28 ta davlatdan bor-yo‘g‘i uchtasi – Buyuk Britaniya, Gretsiya va Estoniya o‘z harbiy xarajatlarini YaIMning 2 foiziga yetkazishgan.  

NATO mudofaaga xarajatlarning oshirilishi zaruratini "sharqdan", ya'ni Rossiya tomondan "tahdid borligi" bilan tushuntirmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid