Neymar - muttahammi? «Barselona» yulduzini sud kutmoqda
«Barselona» hujumchisi Neymar Braziliyadan Kataloniyaga kelishi jarayonidagi qing‘irlik bo‘yicha sudga chaqirildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Xabar qilinishicha, Neymar, «Barselona», «Santos» va futbolchining oilasi boshqaruvidagi kompaniyaning apellyatsiyasi qondirilmagan. Endilikda ularning barchasi Ispaniya sudida bo‘ladi.
Prokurorlarning hisoblashicha, Neymar «Santos»dan transfer qilinishi vaqtida moliyaviy firibgarlikka qo‘l urgan. Bu ish bo‘yicha tinglov Ispaniya Oliy sudida bo‘lib o‘tadi. Bu sud ish bo‘yicha boshqa shaxslar ham ayblanadi: Neymarning otasi, «Barselona»ning sobiq prezidenti Sandro Rosel, «Barselona» va «Santos» vakillari.
Prokuraturaning da'vo qilishicha, yuqorida nomi keltirilgan tomonlar Neymarning transfer huquqining 40 foiziga egalik qilgan DIS investitsiya kompaniyasini aldagan. Kompaniyadagilarning bildirilishicha, ularga transferdan tushgan pulning 40 foizi berilmagan.
Neymar «Santos»dan «Barselona»ga 2013 yilning yozida transfer qilingandi.
Uning transferi 57,1 million yevro etib ko‘rsatilgandi. Shundan 17,1 million «Santos»ga, 40 million esa Neymarning ota-onasi kompaniyasiga kelib tushgan.
«Santos» Neymarning 55 foiziga egalik qilgan. Keyin 2009 yilning fevralida uning 40 foizini DIS Esporte va 2010 yilning noyabrida 5 foizini Teisa xususiy kompaniyalariga sotib yuborgan.
DIS bu kelishuvdan atigi 7,9 million olganidan norozi bo‘lgan. Kompaniya «Santos»ning Neymar uchun hammasi bo‘lib 17,1 millionga ega bo‘lganiga ishonmagan.
Transfer amalga oshgan vaqtda «Barselona» prezidenti bo‘lgan Sandro Rosel ko‘rsatmalarida ushbu transfer aslida 57,1 million yevro evaziga emas, 90 million yevroga yaqin miqdordagi mablag‘ evaziga amalga oshganini aytgan. Shundan so‘ng, ish jiddiylashib ketdi.
Prokuratura Neymarni va uning otasini 2 yilga qamashni va ularga 10 million yevro miqdorida jarima to‘latishni talab qilmoqda. Shuningdek, kataloniyaliklar va braziliyaliklar jamoasiga ham mos ravishda 9 va 7 million yevrodan jarima qo‘llash so‘ralgan.
Neymarning onasi poraxo‘rlik jinoyatiga aralashganlikda gumon qilinmoqda
Mavzuga oid
12:52 / 27.10.2024
«Barsa» «Real»ni yakson etdi, Holandni to‘xtatib bo‘lmayapti. Kun o‘yinlari
12:39 / 24.10.2024
«Barsa» qasos oldi, Holanddan kosmik gol. YeChLda kun o‘yinlari
13:56 / 21.10.2024
Gvardiolada to‘purar himoyachilar, «Barsa» raqiblarga dahshat solmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024