Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik mashhur aktyor va teleboshlovchi Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradilar
Amerikalik mashhur aktyor Al Pachino va dunyoning eng mashhur teleboshlovchilaridan biri Opra Uinfri Saudiya Arabistoni ko‘ngilocharliklar bosh boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar doirasida qirollikka tashrif buyuradilar. Bu haqda boshqarma rahbari Amr al-Madaniyga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Al-Madaniyning aytishicha, Al Pachino Saudiya Arabistonida 11-12 may kunlari bo‘ladi. Aktyor teleshouda ishtirok etib, sayohatlari va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlar haqida so‘zlab beradi. Opra Uinfri esa sentabrda Jiddaga va dekabrda Ar-Riyodga tashrif buyuradi. Teleboshlovchi ayollar uchun ko‘rsatuvda ishtirok etib, OAVdagi ish tajribasi bilan bo‘lishadi.
Bundan tashqari, Saudiya Arabistonida 2017 yilda belgilangan ko‘ngilochar tadbirlar orasida Kanadaning mashhur Cirque du Soleil va Katta Moskva sirklarining tomoshalari bor.
Ma'lumot uchun, Pachino bir marotaba "Oskar", 5 marotaba "Oltin globus" mukofotini qo‘lga kiritgan, bir qator kinomatografik va teatr mukofotlari sohibi.
Opra Uinfri esa AQShning eng mashhur insonlaridan biri hisoblanadi: "Forbs" jurnali o‘tgan yil dekabrda uni AQShning eng boy mashhurlari orasiga kiritgan. Teleboshlovchi bu ro‘yxatda 2,8 mlrd dollarlik boylik bilan 3-o‘rinni egallagan va bu borada rejissyorlar Jorj Lukas (4,6 mlrd dollar) va Stiven Spilbergdan (3,7 mlrd dollar) keyin kelmoqda.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026