Jamiyat | 15:58 / 21.02.2017
15571
2 daqiqa o‘qiladi

Qariyb 638 mln. so‘mni bankka topshirmagan kitoblik tadbirkor jazoga tortildi

Foto: Getty Images

Kitoblik yakka tartibdagi tadbirkor A.Sultonovning oshig‘i olchi edi. Biroq u belgilangan qoidalarni chetlaydigan, qonunlarni mensimaydigan odat chiqardi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Tuman DSI tomonidan tadbirkorning faoliyati o‘rganib chiqilganda, uning qing‘ir ishlari oshkor bo‘ldi. Tekshiruv jarayonida A.Sultonov 2011-2015 yillar davomida savdodan tushgan 121 mln. 120 ming so‘m miqdoridagi naqd pulni nazorat-kassa mashinasi orqali kirim qilmaganligi, 637 mln. 645 ming so‘m naqd pulni esa bankka topshirmasdan, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzganligi ma'lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tekshiruv mobaynida tadbirkor bankka topshirilmagan pullar evaziga qora bozordan 264 ming 959 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda sotib olib, 520 mln. 705 ming so‘mlik sitrus mevalar chetdan xarid qilgani ham aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan A.Sultonovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. O‘z bilganicha ish tutgan, qonunlarga bepisandlik bilan qaragan tadbirkorning qilmishiga sud tomonidan adolatli baho berildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid