Rossiya YeXHT DIIHBning Osiyo namunasini tashkil etish g‘oyasini ilgari surmoqda
Rossiya Osiyo saylov organlari Assotsiatsiyasiga (AAEA) YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) kabi tuzilmani tashkil etishni taklif etmoqda. U Osiyo mintaqasidagi saylovlarni kuzatish ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lar edi, degan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Nikolay Levichev RIA Novosti agentligiga.
U Hindiston saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan va Uttarakxand shtatida bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarni kuzatib qaytgach, shunday fikrni bildirgan. Levichev safari chog‘ida Hindiston MSK va TIV rahbariyati, xususan, TIV rahbari birinchi o‘rinbosari Subramaniam Jayshankar bilan uchrashgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap YeXHT DIIHBga o‘xshash tuzilma haqida bormoqda. "Albatta, bu tez amalga oshadigan jarayon emas. Ammo, dunyo rivojlanmoqda, biz ham shunga mutanosib ravishda harakatlanishimiz kerak", — degan Levichev.
Levichevning qo‘shimcha qilishicha, bu mexanizm saylovlardagi xalqaro kuzatuvchilar missiyasining obro‘li vakili bo‘lishi mumkin edi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.10.2024
Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
12:10 / 23.10.2024
Tashqi ishlar vaziri YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
21:00 / 07.10.2024