Texnologiya | 16:59 / 21.02.2017
8863
1 daqiqa o‘qiladi

Telegram Android'da jihozlash mavzularini o‘zgartirishni joriy qildi

Android'dagi Telegram messenjeri desktop versiyasi  ketidan jihozlash mavzularini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ldi. Bu haqida kompaniya blogida xabar berildi. 

Mavzuni almashtirish uchun «Settings»ga kirish va u yerda «Themes» menyusini topish lozim. Shuningdek o‘rnatilgan tahrir yordamida mustaqil ravishda mavzular yaratish mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar jihozlari @TelegramThemes chatida chop etiladi, eng yaxshilari esa @Themes kanaliga kelib tushadi. 

Telegram'da ta'kidlanishicha, messenjer auditoriyasining 85 foizi Android foydalanuvchilaridan iborat. iOS'dan kiruvchi gadjyet egalariga ega kompaniya vakillari mavzular joriy qilinishini ikki haftacha poylashni maslahat berishdi.  

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева

Mavzuga oid