Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik “dovyurak” politsiyachilar sigirni tutish uchun bir necha mashinadan foydalanishdi
AQShning Nyu-York shtati Kuins munitsipalitetida yashovchi aholi ko‘cha bo‘ylab noma'lum sigir aylanib yurgani haqida politsiyaga xabar berdi. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari jonivorni tutishga urinishdi, biroq bu ish oson bo‘lmadi.
Oxir-oqibat sigirni tutish bir necha politsiya mashinasi va o‘nlab xodimlar ishtirokidagi haqiqiy quvishga aylanib ketdi, ular jonivor ortidan butun okrug bo‘ylab chopib yurishgan.

Ba'zi fuqarolar politsiyaga yordam berishga urinishdi hamda sigir chiqish joyi bo‘lmagan yerlarga kirishiga bir baxya qolgan. Ammo u butalar orqali baribir qochib ketgan. Bu hodisani matbuot ham tezlik bilan yorita boshladi.
Politsiyaga sigir haqida xabar bergan guvohlarning taxminicha, u mahalliy kushxonadan qochgan bo‘lishi mumkin.

Sbnation nashri istehzo bilan «sigir shaharning qoq markazida qanday qilib paydo bo‘lganini hech kim bilmaydi, balki bu katta isyonning boshlanishidir», deya ta'kidlagan. Shuningdek, Sbnation jurnalistlarining ma'lum qilishicha, ular butunlay sigir tarafida hamda uning jangovar ruhidan qoyil qolishgan.

Quvish jarayonini NBC muxbiri Bred Jaffi ham kuzatib bordi va Tvitterdagi sahifasida bu borada tezkor xabarlar berib borgan.
New York Daily News muxbiri Edgar Saldovan esa hodisa joyidan olingan video taqdim etdi
.
NBC New York ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar sigirni tutishga 10 daqiqadan ortiq vaqt sarflashgan. 41 KSHB telekanali esa tutilgan jonivor kushxonaga topshirilmay, balki cow sanctuary sigirlar saqlanadigan joyga berilishini aniqladi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026