Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanukovichning jahon yetakchilariga yo‘llagan maktublari e'lon qilindi
Foto: RIA "Novosti"
Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning jahon yetakchilariga yo‘llagan maktublari to‘la matni e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda RT.
Yanukovich Germaniya, Fransiya va Polsha yetakchilari, qator xalqaro tashkilotlar va Rossiya hamda AQSh prezidentlariga yuborgan xabarlarida 2014 yilgi “Maydon” hodisalari haqida gapirib berib, Ukrainadagi mojaroni hal etish usullarini ko‘rsatib o‘tgan.
Yanukovichning AQSh prezidenti Donald Trampga yo‘llagan maktubida yozishicha, “Ukrainaga tinchlik va qonun ustuvorligini faqatgina 2013-2014 yillardagi fojiali hodisalarni halol va oshkora tekshiruvdan o‘tkazish orqali qaytarish mumkin. O‘sha voqealar mojaroning yanada kuchayishi orqali Ukrainada fuqarolik urushi ro‘y berishiga olib keldi".
Yanukovich Trampga “Ukrainada insonning asosiy huquqlari himoya qilinishiga yo‘naltirilgan, demokratiya va qonun ustuvorligini tiklash bo‘yicha harakatlarni amalga oshirish” haqida iltimos bilan murojaat qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llangan maktubda ham Ukrainada inson huquqlarini himoya qilish, demokratiyani tiklash uchun choralar ko‘rish kerakligi haqida so‘z yuritilgan.
Avvalroq Yanukovich jahon yetakchilarini “maydon” bo‘yicha maxsus komissiyani tashkil etishga chaqirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
21:16 / 27.04.2026
Ukraina YeI a’zosi bo‘lish uchun o‘z hududlaridan voz kechishiga to‘g‘ri keladi – Mers
17:40 / 27.04.2026
“Rossiya jamiyatida urushga nisbatan charchoq ortib boryapti” - siyosatshunos
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026