Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymarni sud qilishadi. «Barselona» hujumchisini qanday hukm kutmoqda?
«Barselona» hujumchisi Neymarning vakili futbolchi ustidan sud jarayoni haqida gapirdi.
Neymar 2013 yili «Santos»dan «Barselona»ga transferi qilinishi vaqtida amalga oshirilgan moliyaviy firibgarlik bo‘yicha ochilgan ish yana shu haftada davom ettiriladigan bo‘ldi. Sud futbolchining apellyatsiyasini rad etdi, endilikda yil oxiriga qadar yakuniy hukm chiqarilishi kerak.
Neymarning manfaatlarini ifoda qiluvchi, uning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi NN Consultoria kompaniyasining ishonch bildirishicha futbolchi qonunni buzmagan va uni qamashmaydi. Bu ishda aybdor ayblovchi tomon - DIS investitsiya jamg‘armasining o‘zidir. Shu kompaniya shikoyati tufayli sud futbolchiga qarshi ish ochgan.
«Biz ishonamizki, jarayon yakunida Neymar aybsiz deb topiladi. Nafaqat bizning mijozimiz, balki, istalgan professional sportchi o‘ziga ish joyini o‘zi tanlashga haqli, qanday taklif bo‘lishi ikkinchi masala. Boshqa so‘z bilan aytganda, hozir quldorlik davri emas. Bundan boshqacha fikrlash esa demokratik davlatdagi inson huquqlarini poymol qilish hisoblanadi. Baxtimizga Neymarni qamashmaydi. Lekin ko‘rinib turibdiki, bizning xursandchiligimizni DIS kompaniyasidagilar ko‘ra olishmayapti», - deya NN Consultoria vakili so‘zlarini keltirgan GloboEsporte.
Neymarning o‘zi sudda hamisha faqat futbol bilan band bo‘lgani, shartnomalar bilan shug‘ullanmaganini aytgan. Lekin uni korrupsiya uchun jinoiy javobgarlikka tortishni istamoqda. DIS ushbu futbolchini 5 yilga qamashni so‘ragan. Prokuror esa unga 2 yillik qamoq va 10 million yevro miqdorida jarima tayinlashni so‘ragan.
Ispaniyada hamma ham Neymarni aybdor deb bilib, uni jazolash kerak deb hisoblamaydi. Masalan advokat Pau Molins bu boradagi fikrlarini bildirgan, uning so‘zlari La Vanguardia nashrining oxirgi sonida chop etilgan.
«Prokurorning fikricha, futbolchining qaysi klubda o‘ynashni tanlashi bo‘yicha qarori shartnoma majburiyatlarini buzish va buning uchun qamoq jazosini belgilash kerak. Ammo Neymar hech qachon DIS kompaniyasining boshqaruvchisi yoki xodimi bo‘lmagan. Shu holatdagina korrupsiya haqidagi qonun asosida shunday jazo tayinlash mumkin edi», - degan advokat.
DIS tomoni futbolchini jazolashdan tashqari, zararlarni qoplash uchun 159 milliondan 195 million yevrogacha bo‘lgan miqdorda tovon undirishni istaydi. Shuningdek, jamg‘arma «Barselona» rahbariyatini ham ayblagan.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
16:40 / 06.07.2026
Neymar Braziliya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026