Jahon | 18:59 / 22.02.2017
5892
5 daqiqa o‘qiladi

Trampning siyosati sarmoyadorlar uchun qanday plyus va minuslarga ega?

Foto: AP

Bloger va iqtisodchi Barri Ritxolts trillionlab dollarlarni boshqaruvchi insonlar Amerika bozoridagi holat haqida nimalar o‘ylashayotganini tahlil qilib ko‘rdi.

Har bir inson o‘ziga tegishli bo‘lgan “pufakda” yashaydi, va undan tashqariga qarash hamda dunyoda nimalar ro‘y berayotganini tushunish uchun doimiy harakati kerak. Uslublardan biri – o‘zgalar pullarini boshqaruvchi kishilarni tinglash, sababi ular har doim oldindadir. 

Hodisalar esa har doim ko‘p: foiz stavkalari, aksiyalar kursi, Federal zaxira tizimi qarori va hokazo. Biroq, bugun aksariyat Tramp haqida gapirmoqda va bu tabiiy.

Partiya yoki mafkuraviy yondashuvdan chetlanish kerak – ular har doim omadli sarmoyalarga xalaqit beradi. Bunday holatlarni ular aktivlarning bozor qiymatiga konstruktiv yoki destruktiv ta'siri nuqtai nazaridan baholash mumkin. 

Siz bunday baholash bilan rozi bo‘lishingiz muhim emas, muhimi – trillionlab dollarlarni boshqaruvchi kishilar nima haqida o‘ylashi. Keling konstruktiv qismdan boshlaymiz.

Plyuslar

1. Soliq islohoti. Bu yerda ko‘p narsa bor, jumladan soliqlarning pasayishi, korporativ soliq kodeksining tozalanishi va soliq solinishi tufayli chetga olib chiqilgan korporatsiyalar daromadini qaytarish. Bu iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

2. Davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish yoki kamaytirish. Ijobiy kayfiyat nafaqat moliya sohasida kuzatilmoqda, balki ko‘plab boshqa yo‘nalishlarda ham ko‘zga tashlanmoqda. Hamma biznes yuritish qiymatining kamayishidan umidvor.

3. Infratuzilma. Tramp Amerika yo‘llari, ko‘priklar, tunnellar, portlar va suv yo‘llarini yangilash hamda kengaytirishga taxminan 1 trillion dollar sarflashga va'da bergandi. Buni amalga oshirish vaqti keldi.

4. Kayfiyat. Barchasi tadbirkorlar va sarmoyadorlarga ijobiy kayfiyat beradi hamda bozorlar rivojlanishini ta'minlaydi.

5. Bir partiyaviy boshqaruv. AQShning har bir prezidenti parlament tizimini chin dildan yomon ko‘rgani ehtimolga yaqin, u faqatgina xalaqit beradi.

Endilikda foydasi bo‘lmaydigan holatlarga to‘xtalamiz.

Minuslar

1. Noto‘g‘ri ustuvor vazifalar. Muhojirlik, Federal zaxira tizimi mustaqilligi borasidagi hujumlar, ma'muriyatdagi lavozimlarga g‘alati tayinlovlar, Xitoy va boshqa savdo sheriklari bilan doimiy kurash, Rossiyaga nisbatan ijobiy munosabat. Prezident bu narsalarga qanchalik ko‘p vaqtini sarflasa, yuqorida keltirilgan plyuslar samarasi shunchalik kamayadi.

2. 2018 yilda Kongressga saylovlar. Biz 2010 yilgi saylovlar oqibatini ko‘rmoqdamiz, o‘shanda “Choy ichish harakati” Barak Obamaga qarshilik ko‘rsatgandi. Tramp Obamadan ham ko‘ra ko‘proq norozilikka sabab bo‘ldi – unda saylangan prezident uchun rekord miqdordagi kam qo‘llab-quvvatlash darajasi. Shuningdek unda avvalgi prezidentlarga qaraganda kamroq imkoniyatlar bo‘lishi ham ehtimolga yaqin.

3. Tramp o‘zini prezident sifatida tuta olmayapti. Keling haqiqatga tik qaraymiz – yaqinda o‘tgan matbuot anjumani bunga imkoniyatlar kam ekanini ko‘rsatdi. Ishonchsizligi darhol ko‘rsatib berilgan muqobil dalillar bilan bog‘liq vaziyat bundan darak bermoqda. Tramp o‘ziga yoqmaydigan barcha narsani soxta yangiliklar, deb atamoqda, bir nimaga bor e'tiborini jamlay olmayapti, razvedka bilan janjallashdi hamda matbuot bilan doimiy mojaroda. Bu xatolar ketma-ketligi ko‘plarni asabiylashishga majbur qilmoqda, ular orasida prezident tarafdorlari ham bor.

4. Mojarolar va huquq bo‘yicha muammolar. Obamada, balki, ko‘plab kamchiliklar bo‘lgandir, biroq uning boshqaruvi paytida hukumat a'zolari lavozim vakolatlarini shaxsiy maqsadda foydalanishda ayblanmagan. Tramp atigi bir oydan beri hokimiyat tepasida, bu masala esa ko‘tarilib bo‘lindi.

5. Tushunarsiz kelajak. Yuqorida qayd etilgan barcha narsa “noma'lum-nomzod”ni “noma'lum-prezidentga” o‘zgartirmoqda. Aholi shunchaki kelajakda nimalar sodir bo‘lishini bilmayapti, sababi bunday prezidentni hech qachon ko‘rishmagan.

Ayni damda bozorlar o‘zining yuqori cho‘qqisida yoki unga yaqin holatda bo‘lib turibdi, sarmoyadorlar esa hozircha o‘z savollariga javob berishmoqda. Ko‘ramiz, yaqin orada qaysi jihatlarning qo‘li ustun kelarkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid