Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Gretsiya harbiy kemalari Egey dengizida xavfli masofada yaqinlashdi
Turkiya va Gretsiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Egey dengizidagi tortishuvli Imia (Kardak) orollari yaqinida xavfli masofada yaqinlashdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi.
Aytish joizki, yanvar oyi oxirlarida Gretsiya sudi 8 nafar turk harbiy xizmatchisini qaytarishni rad etgani Gretsiya-Turkiya munosabatlari keskinlashuviga sabab bo‘ldi. Anqara ma'muriyatiga ko‘ra, ular 2016 yil 15 iyulidagi davlat to‘ntarishiga urinishga aloqador.
Kemalarning xavfli masofada yaqinlashuvi bilan bog‘liq hodisa Turkiyaning Mula viloyatiga yaqin chegaralarda qayd etilib, kuzatuv videokameralari orqali yozib olingan. Xabarlarga ko‘ra, Gretsiya harbiy-dengiz kuchlari sohil qo‘riqlash xizmatiga tegishli kater tortishuvli orollarga yaqinlashganda shu holat qayd etilgan. Ikki mamlakat harbiy kemalari biroz muddat ushbu mintaqada qolgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026