Jahon | 09:25 / 23.02.2017
3182
2 daqiqa o‘qiladi

BMTda terrorchilik bilan kurash boshqarmasi tashkil etiladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh butunjahon tashkilotda terrorchilik bilan kurash bo‘yicha boshqarma tashkil etishni taklif qildi. U bu haqda BMT Bosh Assambleyasiga a'zo-davlatlar vakillari uchrashuvida xabar bergan.

Guterresh terrorchilik bilan kurash bo‘yicha norasmiy yig‘ilishda chiqish qilarkan, “bosh kotibning yangi o‘rinbosari boshqaradigan yangi terrorchilikka qarshi boshqarma tashkil etish” tashabbusini ilgari surdi.

Ayni damda BMTda Xavfsizlik Kengashining terrorchilikka qarshi qo‘mitasi bor. Tuzilma BMT XK tomonidan AQShdagi 2001 yil 11 sentabr voqealaridan so‘ng ta'sis etilgan.

Guterresh tomonidan taklif etilayotgan tuzilma, uning so‘zlariga ko‘ra, BMT XKning hozirgi tuzilmalari ishiga aralashmaydi, hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashkilot bosh kotibi orqali hisobot beradi.

"Bizning maqsad – terrorchilikning millatlararo tahdidiga a'zo-davlat bilan birgalikda qarshi turish bo‘yicha yangi sheriklikni yo‘lga qo‘yish. Bu tahdidga qarshi darhol javob choralarini ko‘rish kerak", - dedi Guterresh.

"Taklif etilayotgan yangi boshqarma a'zo-davlatlarning hech birining suverenitetiga tahdid solmaydi. Yangi ofisning faoliyati qo‘llab-quvvatlash va a'zo-davlatlarning talabi bilan yuritiladi, uning o‘ziga xos jihati – BMTning terrorchilikka qarshi strategiyasini bajarish", - deya ta'kidlab o‘tdi bosh kotib.

U butunjahon tashkilotga a'zo-davlatlar vakillaridan bu boradagi fikrlarini og‘zaki yoki yozma ravishda ikki hafta ichida bildirishlarini so‘radi. Bosh kotib bu masalalarni mayga qadar tayyorlanadigan terrorchilikka qarshi kurash strategiyasi bo‘yicha hisobotda aks ettirmoqchi. "Men Bosh Assambleya raisi bilan hamkorlikda ishlashda, maslahatlashuvlar orqali yondashishda davom etaman", - dedi bosh kotib.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid