Jahon | 17:28 / 23.02.2017
3660
2 daqiqa o‘qiladi

Brexit tufayli 100ga yaqin xalqaro kompaniya Niderlandiyaga ko‘chib o‘tadi

100ga yaqin xalqaro kompaniya Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish haqidagi qarori tufayli Niderlandiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Niderlandiya sanoat va ish beruvchilar konfederatsiyasi prezidenti Xans de Bur ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Financieele Dagblad gazetasi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, de Bur so‘nggi bir necha kun mobaynida Londonda bo‘lib, Brexit’dan keyingi vaziyatni biznes-hamjamiyat vakillari bilan muhokama qilgan. "Niderlandiyaga ko‘chib o‘tishga qiziqish, avvalgidan ancha yuqori, - deya ta'kidlab o‘tdi Niderlandiyadagi 115 ming yuridik shaxs a'zosi sanaluvchi Konfederatsiya prezidenti. – Buning asosiy sababi deb – Buyuk Britaniyaning aniq bir pozitsiyasi yo‘qligi ko‘rsatilmoqda. Bunday holat yillar davomida saqlanib qolinishi mumkin". "Gap yuzga yaqin kompaniya haqida bormoqda, ularning barchasi ham moliya sohasida emas", - dedi u. Prezident aniq tashkilotlar nomini keltirmagan.

Shuningdek de Bur YeI Brexit’ga yo‘l qo‘ymaslik uchun harakat qilishi kerakligini, agarda bu ro‘y bersa, hamjamiyat Buyuk Britaniyani YeI Bojxona ittifoqida saqlab qolish uchun barcha ishni amalga oshirishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid