Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Suriya hududini bombalash uchun harbiy samolyotlarini jo‘natdi
Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Suriya hududida IShID jangarilariga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazishga buyruq berdi.
«Biz harbiy havo kuchlari samolyotlarini Suriya hududida IShID marralarini bombalash uchun yubordik», — deya hukumat rahbarining so‘zlarini keltirgan Al Sumaria telekanali.
Bundan oldinroq, 23 fevral kuni Iroq hukumati Mo‘sul aeroporti jangarilardan ozod etilganini e'lon qilgandi.
O‘tgan hafta Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida ikkita qo‘poruvchilik harakati sodir etilgandi. Birinchi terakt oqibatida 15 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlangandi. Keyinroq Bayaa tumanida avtomobil portlatilishi oqibatida 55 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi.
Mavzuga oid
18:35 / 12.01.2026
Kurd jangchilari Suriya armiyasi bilan to‘qnashuvlar ortidan Halabni tark etdi
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
14:23 / 08.01.2026
Suriyada yana janglar boshlandi
11:37 / 07.01.2026