Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony kamerasining tezligidan aql shoshadi: soniyasiga 960 videokadr
So‘nggi vaqtlarda smartfonlarga o‘rnatilgan kameralar shunchalik ajoyib xususiyatlarga egaligidan lol qoladi kishi. Bir paytlar Siemens CX65 telefonining 0,3 megapikselli kamerasiga ham rozi bo‘lgan edik. Ammo, mukammallikning chegarasi yo‘qligini yapon olimlari isbotlashdi.
Yaqinda Sony Semiconductor Solutions Corporation mutaxassislari yangi turdagi CMOS-datchigini taqdim etishdi. Unda signallarni raqamli qayta ishlash elementlari va DRAM dinamik xotirasi joylashtirilgan. CMOS-datchigining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u soniyasiga 960 kadr tezlikda videotasvirga olish imkonini beradi. Asosiy protsessorni kam yuklashi sabab uni smartfonlarda qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ammo, olimlar birinchi navbatda qurilmaning yangi sensoriga e'tibor qaratishgan. Agar «oddiy» datchiklar ikki qavatdan iborat bo‘lsa, Sony muhandislari uchinchi qavatni ham qo‘shishgan. U DRAM dinamik xotira yacheykalari va qo‘shimcha raqamli mantiqiy elementlardan iboratdir. Buning natijasida 19,3 megapikselli kamera datchigi 1920 x 1080 (HD) o‘lchamli videoni soniyasiga 960 kadr tezlikda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Olinayotgan tasvirlar 4:3 va 16:9 nisbatda bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, kamera barcha zamonaviy aloqa standartlari va interfeyslarini qo‘llaydi. Raqamli sxema tarkibiga analog-raqamli qayta shakllantirgich, subprotsessor, protsessor va interfeys sxemalari kiradi.
Mavzuga oid
18:30 / 13.05.2026
Sony futbolka uchun yangi konditsioner chiqardi
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
09:05 / 27.03.2026
1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi
08:45 / 26.02.2026