Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida Abdulla Oripov ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etiladi
Davlat rahbari O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali, Abul-Mu'iyn Nasafiy ziyoratgohi rekonstruksiyasi loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Qahramon shoir haykali Qarshi shahridagi O‘zbekiston ko‘chasida bunyod etiladi. Bu yoshlar uchun faxr va g‘urur timsoli, ma'naviy tarbiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Prezident haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bag‘ishlangan muzey tashkil etish zarurligini ta'kidladi.
Abul-Mu'iyn Nasafiy XI asrda yashagan, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir. Uning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatlidir.
Davlat rahbari bu qadamjoni keng va obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, bu maskanda kutubxona tashkil etish, alloma asarlarini tarjima qilib, xalqimizga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026