Jahon | 23:16 / 27.02.2017
4364
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyada terrorchilik xavfi yuqoriligi ma'lum qilindi

Italiyada terrorchilik xavfi mamlakatda "radikallashuv" yo‘liga kirgan va teraktlar amalga oshirishga tayyor bo‘lgan shaxslarning mavjudligi sababli "borgan sari oydinlashmoqda". Bu haqda Italiyaning xavfsizlik bo‘yicha axborot departamenti (Dis) hisobotida ma'lum qilindi. 

Italiya parlamentiga yuborilgan bu hujjat ilk marotaba 27 fevralda mamlakat bosh vaziri Paolo Jyentiloni va Dis rahbari Alessandro Pansa tomonidan taqdim qilindi.

Hisobotda Yaqin Sharqda IShIDga berilgan bir qator zarbalar oqibatida terrorchilar o‘z faoliyatlarini boshqa hududlarda, jumladan Yevropada "dushmanga unga ichidan zarba berishga qodirligini namoyish qilish orqali uni qo‘rqitib va shu tariqa o‘z tarafdorlariga kuchini isbotlash " uchun faollashtirayotgani ta'kidlab o‘tilgan. 

Jangarilar bu maqsadlarini amalga oshirish uchun Suriya va Iroqdan qaytayotgan terrorchilardan tashkil topgan yacheykalar bilan bir qatorda "yakka bo‘rilar" yoki internet orqali ta'sir etiluvchi "o‘zi tashkil topuvchi mikroguruhlar"dan foydalanmoqdalar.

Hisobotda Italiyadagi ba'zi obektlar IShID jangarilarining nishonlari qatoriga kirishi mumkinligiga ishora qilingan. Terrorchilardan tortib olingan bir qator materiallarda "katta ahamiyatga ega milliy yodgorliklar va yirik miqyosdagi shaxslar, jumladan Rim papasi" tilga olingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid