Jamiyat | 09:43 / 27.02.2017
10161
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev nomzodi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surildi

Bazel tinchlik ofisi (Shveytsariya) ilmiy-tadqiqot instituti direktori Alin Vare Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va “ATOM” loyihasining faxriy elchisi, rassom Karipbek Kuyukov nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Yadrosiz harakat bo‘yicha faol Facebook’dagi sahifasida shu haqda yozgan. “Men joriy yilda Karipbek Kuyukov va Prezident Nazarboyev nomzodini ularni yadro qurolini yo‘q qilish borasidagi sa'y-harakatlari uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdim», - deya yozdi u. Alin Vare tomonidan keltirilgan mukofotga nomzodlar ro‘yxatiga ilovada ta'kidlanishicha, Nazarboyev va Kuyukov nomzodini qo‘yish haqidagi taklif britaniyalik siyosatchi Bill Kiddan ham kelib tushgan.

Murojaatda ta'kidlanishicha, Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston yetakchisi sifatida yadro qurolsizlantirish sohasida 22 yil davomida bir qator muhim tashabbuslarni qabul qildi. Prezident shuningdek, yadro qurolidan holi bo‘lgan tinchlikka erishish jarayoniga ta'sir ko‘rsatuvchi bir qator tashabbuslarni qabul qilishda davom etmoqda. Murojaat mualliflarining ta'kidlashicha, Nobel tinchlik mukofoti bu jarayonlar ta'sirini oshirish va global darajada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, Karipbek Kuyukov faxriy elchisi bo‘lgan ATOM loyihasi yadro qurolini dunyodan yo‘qotish bo‘yicha sa'y-harakatlar olib boradi. 

Kuyukov butun dunyo bo‘ylab BMT tadbirlarida ishtirok etadi. U o‘zini oyoq va lablari yordamida surat chizuvchi rassom deb ataydi, sababi onasining homiladorlik vaqti nurlanishi tufayli qo‘llarsiz dunyoga kelgan.

Mavzuga oid