Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Fathulla Gulen Kanadada yashirinishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda
Turkiya hukumati muxolifatchi Fathulla Gulen AQShdan Kanadaga qochib ketishidan xavotirlanmoqda, deb ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush.
"Bizda AQShda bo‘lgan FETO rahbari (Fathulla Gulen) Kanadaga qochib ketishi mumkinligi haqida jiddiy razvedka ma'lumotlari mavjud. U tomondan Kanadada yerlar sotib olingan va bu yerlar yordamida u yerda yashashi mumkin. Biz bu ma'lumotni AQShga topshirdik va ular tegishli barcha choralarni ko‘rishlariga umid qilamiz", deb aytdi Kurtulmush jurnalistlarga.
Turkiya hukumati 2016 yil 15 iyulga o‘tar kechasi sodir etilgan davlat to‘ntaruviga urinishning tashkillashtirilishida Gulenni ayblab keladi. Gulenning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilib keladi.
Mavzuga oid
08:20 / 02.06.2026
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Kanadaga yutqazdi
20:44 / 01.06.2026
Birinchi jiddiy sinov - milliy jamoa Kanada bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
08:49 / 19.05.2026
AQSh va Kanada shaharlari Yevropaga ko‘chirilsa, qayerga to‘g‘ri keladi?
16:09 / 28.02.2026