Jamiyat | 23:20 / 28.02.2017
9088
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiyo‘ldagi xonadonlardan birida 3 kg marixuana aniqlandi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar vaqtida Qo‘shyog‘och qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning uyi tekshirildi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv natijasida paketlarga qadoqlangan holda 220 gramm gashish va 3 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi topilib, musodara qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid