Jahon | 15:14 / 28.02.2017
3828
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Manbij ozod qilinganidan keyin ham Suriyada qolishi mumkin

Foto: AP

Turkiya Suriyaning Raqqa shahrini terrorchilardan ozod qilish harbiy amaliyotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun Rossiya va AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya bilan kelishib olish zarur, deb bayonot bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Shahar IShID terrorchilik guruhining Suriyadagi ma'muriy markazi hisoblanadi. 

"Biz Al Bobni ozod qildik. Endi, zaruratga qarab, koalitsiya va Rossiya bilan kelishgan holda, Raqqaga qarshi choralar ko‘rishimiz mumkin. Bizning Rossiya va boshqa tomondan koalitsiya, ya'ni AQSh bilan muzokaralarimiz juda muhim. Biz kuzatuvchi bo‘lib tura olmaymiz. Agar koalitsiya IShIDga qarshi kurashni haqiqatdan xohlayotgan bo‘lsa, kelinglar, Raqqani ham ozod etaylik", — degan Erdo‘g‘an Anqaradagi matbuot anjumanida Pokistonga safari oldidan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyada qolishni rejalashtirmayapti. "Ular bizga tahdid solayapti. Biz esa hech qanday tahdid bo‘lmasligini, suriyalik birodarlarimiz va do‘stlarimiz bilan tinch-totuvlikda yashashni istaymiz", — deb qayd etgan Turkiya yetakchisi. 

Erdo‘g‘an yana bir bor suriyalik kurdlar muammosiga e'tibor qaratgan. Uning aytishicha, qurollangan kurd bo‘linmalari Manbij shahrini tark etib, Frot daryosining sharqiy sohiliga chekinishi lozim. Rasmiy Anqaraga ko‘ra, ular ham terrorchilik tashkilotidir. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid