Sport | 07:54 / 28.02.2017
10273
1 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Lokomotiv» guruhida mutlaq tenglik yuzaga keldi

Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi A guruhidan o‘rin olgan 2-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Toshkentning «Lokomotiv» klubi ishtirok etayotgan guruhda Eronning «Istiqlol» jamoasi o‘z uyida Saudiyaning «At-Ta'un» klubini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu natija sabab, 2-tur o‘yinlaridan so‘ng, bu guruhda barcha jamoalarning imkoniyati tenglashdi. Endilikda to‘rttala jamoada ham uch ochkodan mavjud.

OChL, «A» guruhi, 2-tur

«Istiqlol» (Eron) - «At-Ta'un» (Saudiya Arabistoni) – 3:0 (1:0)
Gollar: Rizoiy (1), Muhsin Karimiy (70), Pado‘voniy (89).

Mavzuga oid