«Navbahor»ning OÇLdagi ilk öyini

Superliga-2022ning kumuş medali sohibi «Navbahor» va 4-örin egasi OKMK OÇL guruh bosqiçida Özbekiston şarafini himoya qiladigan 3-4-jamoalarga aylanişi mumkin. Buning uçun, Samvel Babayan şogirdlari bugun, 22 avgust kuni Qatarning ötgan mavsumdagi 4-örin sohibi «Al-Vakra» jamoasiga qarşi öynasa, Mirjalol Qosimov şogirdlari 2-örin egasi «Al-Arabi» mehmoni böladi.

Foto: Navbahor FK

Bir öyindan iborat uçraşuvning Qatarda ötkazilişi mezbonlarga ustunlik bersa-da, ammo bu mamlakatda mavsum endi boşlangani, Özbekistonda esa çempionat qizğin pallasida ekani vakillarimiz foydasiga işlaşi mumkin. Jamoalarimiz yakşanba kuni Dohaga yetib borgan. Qayd etiş joiz, Qatardagi «Al-Janub» stadionida ötadigan bahs «Navbahor» tarixida Osiyo Çempionlar ligasidagi ilk öyin sifatida tarixdan joy oladi.

«Loçinlar»ning xalqaro maydondagi ötmişi

Namangan klubi hozirgaça uç marotaba xalqaro maydonda iştirok etgan. Xususan, vodiyliklar 1997/98 yilgi mavsumda Özbekiston kubogi ğolibi sifatida Osiyo kubok egalari Kubogida iştirok etib, ikkinçi saralaş bosqiçidan öta olmagandi. 1998 yilda esa Osiyo Çempionlar kubogida Özbekiston çempioni sifatida iştirok etib, guruhdan çiqolmagan. Sönggi urinişi – 1999/2000 yilgi mavsumda esa Osiyo kubok egalari kubogida yarim finalga qadar yetib borgan.

«Al-Vakra» qanday jamoa?

«Al-Vakra» Qatarning öz tarixiga ega klublaridan biri sanaladi. Uy öyinlarini JÇ-2022 bahslarini qabul qilgan «Al-Janub» stadionida ötkazadigan jamoa 1959 yil taşkil etilgan bölib, Qatarning 2 karra çempioni va 4 karra Qatar Superkubogi ğolibi sanaladi.

Bartolome Markes qöl ostidagi klub ötgan mavsum Qatar çempionatida 4-örinni egallagan. Ispaniyalik 61 yoşli mutaxassis murabbiyligidagi «Al-Vakra» yangi mavsumni ötgan haftada «Al-Muaydar» ustidan 3:0 hisobidagi ğalaba bilan boşladi.

Legionerlarga tayangan jamoa

Qatarning boşqa klublari singari «Al-Vakra» ham asosan legionerlar evaziga natija körsatib keladi. Jamoa tarkibida 7 nafar – Lukaş Mendeş (Braziliya), Trent Seynsberi (Avstraliya), Omar Saloh (Iordaniya), Hamdi Fathi (Misr), Muhammad Beniyettou (Jazoir), Jyelson Dala (Angola), Ayub Assol (Marokaş) singari legionerlar faoliyat yuritmoqda. «Navbahor»ga qarşi öyinda qatarliklarning asosiy tarkib öyinçilaridan biri Al-Mahdi Ali diskvalifikatsiya sababli maydonga tuşa olmaydi.

Foto: Getty images

Qayd etiş joiz, Samvel Babayan tarkibida ham yöqotiş mavjud. Jamoa yetakçilaridan biri Oston Örunov jarohat sababli bugungi öyinda yordam bera olmaydi.

Tarkiblar bahosi: «Navbahor» «Al-Vakra»dan qimmatroq

Transfermarkt portali öyin oldidan ikki jamoaning tarkiblari bahosini keltirgan. Unga köra, Namangan klubi umumiy tarkibi qiymati böyiça Al-Vakra jamoasidan qimmatroq sanaladi. Qatarning ötgan mavsumdagi 4-jamoasining umumiy bahosi 9,58 million yevroni taşkil etsa, «Navbahor» klubi tarkibi bahosi 10,4 million yevroga narxlangan.

Qatarliklar safidagi angolalik forvard Jyelson Dala jamoaning eng qimmatbaho öyinçisi sanaladi – 2,5 million yevro. Bu borada namanganliklarning eng qimmat öyinçisi Jamşid Iskanderov – 850 ming yevro.

Foto: Navbahor

«Al-Vakra»ning eng qimmat 5 futbolçisi:

1. Jyelson Dala (Angola) – 2,5 mln yevro

2. Hamdi Fathi (Misr) – 2 mln yevro

3. Trent Seinsberi (Avstraliya) – 650 ming yevro

4. Lukaş Mendeş (Braziliya) – 550 ming yevro

5. Hazem Ahmad (Qatar) – 400 ming yevro.

«Navbahor»ning eng qimmat 5 futbolçisi:

1. Jamşid Iskanderov – 850 ming yevro

2. Oston Örunov – 800 ming yevro

3. Miloş Miloviç (Çernogoriya) – 750 ming yevro

4. Yovan Jokiç (Serbiya) – 700 ming yevro

5. Temurxöja Abduxoliqov – 650 ming yevro

Pley-off öyini stadiondagi katta ekranda namoyiş etiladi

«Navbahor»ning OÇLdagi ilk öyini muxlislarda katta qiziqiş uyğotgan. Bir guruh işqibozlar bugungi bahsda suyukli jamoalarini «Al-Janub» öyingohidan turib qöllab-quvvatlaşsa, yana minglab muxlislar Namangandagi «Markaziy» stadiondan turib «Navbahor»ni olqişlaşadi.

«Qatarda bölib ötadigan öyinga qiziqiş juda yuqori. Namanganlik muxlislarning talab va istaklarini inobatga olib, viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov taşabbusi bilan «Navbahor» stadioniga katta monitor örnatilib, jamoamiz öyini jonli efirda namoyiş etiladi. Fan-klub ham stadionda ajoyib atmosfera yaratişga astoydil bel boğlagan. Siz ham taşrif buyuring va jamoamizni masofadan qöllab-quvvatlang!», – deyiladi «Navbahor news» xabarida.

OÇL-2023/24. Pley-off öyini.

22 avgust (seşanba)

«Al-Vakra» (Qatar) - «Navbahor» (Özbekiston)

Hakam: Xiroyuki Kimura (Yaponiya)

Stadion: «Al-Janub», Al-Vakra.

Öyin boşlaniş vaqti: 20:30.

Usmon Ibodov