Jahon | 18:41 / 28.02.2017
7885
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Amerika armiyasini tarixdagi eng kuchli armiyaga aylantirishni va'da qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z prezidentlik muddati davomida Amerika armiyasi mamlakat tarixidagi eng kuchli armiyaga aylanishiga va'da qildi.

«Mening muddatim yakuniga qadar bizda shunday armiya barpo etiladiki, bu AQSh tarixida kuzatilmagan eng kuchli armiya bo‘ladi», — degan Tramp Fox News efirida.

Bundan tashqari, Oq uy rahbari mudofaa sohasi uchun xarajatlar miqdorini 54 milliard dollarga yetkazishini (hozirgi 24 milliard dollar o‘rniga) ma'lum qilgan.

Tramp, shuningdek, AQSh infratuzilmasi modernizatsiyasi uchun sarf-xarajatlarni ko‘paytirishga va hozircha oshkor etilmayotgan, ustunlik darajasi pastroq bo‘lgan dasturlar uchun moliyaviy ko‘makni sezilarli tarzda kamaytirishga va'da bergan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid