Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibi yordamchisini qabul qildi
2017 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yenchani qabul qildi. Bu haqda O‘zR TIV Matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat davomida ta'kidlanganidek, 1992 yilning 2 mart kuni BMTga xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub'yekti sifatida qo‘shilgan O‘zbekiston BMT nufuzining oshishi va salohiyatining kuchayishiga hamda uning Nizomida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda munosib hissa qo‘shmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhakama qilindi, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov ishtirok etdi.
Mavzuga oid
22:50 / 26.09.2024
Bir qancha G‘arb davlatlari «Tolibon»ni ayollarni kamsitgani uchun sudga bermoqchi
20:47 / 26.09.2024
Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasida qator takliflarni ilgari surdi
09:02 / 25.09.2024
BMT okkupatsiyada ukrainaliklar qiynoqqa solingani bo‘yicha yangi dalillarni topdi
21:48 / 24.09.2024