Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada poyezd relslardan chiqib ketdi
Yaponiyaning Ayti prefekturasida elektropoyezd relslardan chiqib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.
Andze shahridagi temir yo‘l kesishmasida poyezd yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Birinchi vagon relslardan chiqib ketdi: avtomobil zarba oqibatida elektr uzatish tizimi ustuniga kelib urilgan hamda yonib ketgan. Avtomobil haydovchisi halok bo‘ldi.
Elektropoyezd mashinistining ma'lum qilishicha, yo‘lda avtomobilni to‘siq pastga tushirilgandan so‘ng ko‘rgan, biroq to‘xtashga ulgurmagan.
Halokat ro‘y bergan hududda harakat to‘xtatildi. Politsiya va o‘t o‘chirish xizmati voqea sabablarini o‘rganmoqda. Temir yo‘l kompaniyasi relslardan chiqib ketgan poyezd tarkibini evakuatsiya qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026