Sport | 15:02 / 02.03.2017
6497
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya parlamenti hukumatni JCh-2018 turnirini boykot qilmaslikka chaqirdi

Britaniya parlamentining Vakillar palatasi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi mamlakat hukumatiga Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatini boykot qilmaslikka chaqirgan. Bu haqda qo‘mita hisobotiga asoslangan holda The Telegraph xabar tarqatdi.

Britaniya hukumatiga rossiyalik sportchilarning doping mojarolariga qaramasdan bu turnirdan «Buyuk Britaniya va Rossiya munosabatlarini yaxshilash hamda mustahkamlash»da foydalanishga taklif etilgan. Hisobot mualliflari Rossiyaning jahon chempionati mezbonligi uchun munosib yoki munosibmasligi savolini ochiq qoldirishgan, shu bilan birga 2018 yilgi JChni boykot qilish to‘g‘ri chora emasligini ta'kidlashgan.

2016 yilning oktabrida Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson birlashgan qirollik va qo‘shma shtatlar Rossiyaga bu davlatning Suriya masalasi bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirish maqsadida bosim o‘tkazishning turli variantlarini ko‘rib chiqayotgani haqida aytgandi. OAVda bu variantlar qatorida 2018 yilgi jahon chempionatini boykot qilish ham borligi yozilgandi.

Mavzuga oid