Respublikaçilar AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga yana bir nomzod – kongressmen Mayk Jonsonni (Luiziana ştatidan) ilgari surdi. Bu haqda uning hamkasbi Eliz Stefanik X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.
Jonson nomzodi 24 oktyabr, seşanba kuni keçqurun bölib ötgan yopiq ovoz berişdan söng ilgari surildi. Avvalroq, kongressmen Tom Emmer (Minnesota ştatidan) partiya öta öng qanotining uni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bosimi natijasida nomzodi e’lon qilinganidan bir neça soat ötib Vakillar palatasi spikeri uçun kuraşdan çiqib ketgani xabar qilingandi. AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp ham Emmerning nomzodiga qarşi çiqdi.
Vakillar palatasi 3 oktyabr kuni spikerlikdan çetlaştirilgan Kevin Makkarti örniga uç haftadan beri nomzod topa olmayapti. Emmerdan taşqari, kongressmenlar Stiv Skaliz va Jim Jordan bu lavozimni respublikaçilardan egallaşga harakat qildi, biroq ikkalasi ham partiyadoşlarining yetarliça kömagini qölga kirita olmadi.









