Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada idish yuvuvchi mashhur restoran egalaridan biri bo‘ldi
Daniyadagi taniqli restoranlardan biri – Noma’da idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan 62 yoshli gambiyalik Ali Sonko bu yerning yangi uch xo‘jayinidan biriga aylandi. Noma asoschilarining so‘zlariga ko‘ra, afrikalik 14 yil davomida restoranning “yuragi” bo‘lgani tufayli biznesning bir ulushini olgan. Bu haqda Bi-bi-si xabar qilmoqda.
Sonkoni restoran egalaridan biri sifatida tayinlash haqida bu yerning bosh oshpazi Rene Redzepi Noma’ning Kopengagenda yopilishi sharafiga uyushtirilgan bazmda ma'lum qildi. Muassasa Daniya poytaxtida 14 yil ishladi hamda bu davr mobaynida ikkita Mishlen yulduzi va Restaurant jurnalidan to‘rtta “Jahonning eng yaxshi restorani” sovrinini qo‘lga kiritdi. 2017 yilning dekabrida Noma yangi joyda ochiladi.
Sonko restoran tashkil etilgandan beri bu yerda idish yuvuvchi bo‘lib ishladi. Redzepining so‘zlariga ko‘ra, kishilar “Ali kabi insonlar restoran uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanliklarini tushunishmaydi”. Bosh oshpaz uni “Noma yuragi” deb atadi hamda mehnatdan qochmasligi va yuzidagi doimiy tabassumini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Gambiyalik erkak Daniyada 34 yildan beri yashaydi. Noma xodimlarining ta'kidlashicha, u hayotidagi o‘zgarishlar yoki 12ta farzandi borligiga qaramay doimiy ravishda kulib yuradi.
“Bu yerda ishlashdan naqadar baxtli ekanligimni tushuntirib berish mushkul. Bu yerda eng yaxshi insonlar ishlaydi, va men ularning har biri bilan yaxshi munosabatdaman. Ular menga katta hurmat bilan qarashadi, hamda har doim yonimdalar. Men uchun “Bu menda qachonlardir bo‘lgan eng yaxshi ish” deb aytish kifoya”, - deya aytib o‘tdi Ali Sonko.
Shuningdek Redzepi restoranning yangi ikki egasini ham tanishtirgan. Sonkodan farqli ravishda ular menejyerlardir: Jyeyms Spredberi va mijozlar bilan ishlash bo‘yicha direktor Lau Rixter. Bosh oshpaz Instagram’dagi sahifasida restoran hayotida “yangi bo‘lim” endi ochilayotgani, yaqin orada yana bir necha xodimni “hayratga solishni” rejalashtirgani hususida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
15:24 / 22.04.2026
Tadbirkor Timur Musin Toshkentdagi “Palov muzeyi” va Caravan restoranlarini sotuvga qo‘ydi
14:25 / 24.03.2026