Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Internetda McLaren’ning yangi superkari surati paydo bo‘ldi
Internetda McLaren kompaniyasining yangi superkari rasmiy tasviri paydo bo‘ldi. Mashina 720S deb nomlanadi. Carscoops’ning ma'lum qilishicha, mashinaning ilk suratini Bloomberg axborot agentligi chop etgan, biroq keyinroq surat uning saytidan o‘chirib tashlangan.
Avvalroq ma'lum qilingandek, McLaren 720S ikkita tvin-skroll turbinali 4 litrli V8 dvigateli bilan jihozlanadi. Dvigatelning quvvati 720 ot kuchini tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Britaniya kompaniyasi superkar joyidan 200 km/soat tezlikka 7,8 soniyada tezlashishi, buunday tezlikdan to‘xtashi uchun 4,6 soniya yoki 117 metr masofa talab qilinishini ma'lum qildi. Bu ko‘rsatkich 650S superkarinikidan 6 metr kamroqni tashkil qiladi. 720S aynan 650S kupesining vorisi bo‘ladi.
Bundan tashqari, superkar boshqaruvchi elektronikada maxsus drift-rejim, motor bo‘limini yoritish tizimi, aylanib turuvchi asboblar paneli bilan jihozlanadi. Asboblar panelining bir varianti o‘zidan kengaytirilgan ma'lumotli katta displeyni, ikkinchisi esa faqatgina taxometr, spidometr va tanlangan uzatma ko‘rsatiladigan trek rejimi uchun kichik ekranni aks ettiradi.
Mashinaning suratlari avvalroq ham internetda paydo bo‘lgandi. Jumladan, yanvarda internetda modelning yopiq namoyishida olingan surati paydo bo‘lgan. Biroq bu surat tashrif buyuruvchilardan biri tomonidan suratga olingani sabab rasmiy emasdi.
Mavzuga oid
18:39 / 05.12.2025
Kimoshdi savdosida eng qimmat narxda sotilgan avtomobil ma’lum bo‘ldi
12:12 / 18.10.2025
Porsche kompaniyasini McLaren sobiq bosh direktori boshqaradi
20:06 / 05.10.2025
McLaren Formula-1 konstruktorlar kubogini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi
22:26 / 12.01.2023