“Operatsiya” barbod bo‘ldi
Kogonlik Bahrom Ro‘ziyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) anchadan buyon valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib keladi. Bu bois bu “kasb”ni puxta o‘zlashtirgan. Ayni chog‘da, qamrovni kengroq olish va mushkulini osonlashtirish maqsadida talay “hamkorlar” orttirgan. Ular bilan xoh yuzma-yuz muloqot paytida, xoh telefon orqali suhbatlashish chog‘ida bo‘lsin, hushyorlikni aslo unutmaydi. Doimo shartlashilgan, asl ma'nosini faqat o‘zlari biladigan, boshqalar tushunmaydigan maxfiy so‘z-iboralar vositasida gaplashadi. Bunga sheriklari ham ko‘nikib ketishgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
O‘sha kuni ham shunday bo‘ldi. O‘tgan yilning fevral oylarida unga Rustam ismli hamtovog‘i qo‘ng‘iroq qilib, “suyunchi” oldi.
- Hormang endi! – dedi quvnoq ohangda. – Bugun bitta “jirniy kliyent” topdim.
- Rostdanmi? – Bahrom ishonqiramay so‘radi. – Xo‘sh, bahosi qancha ekan o‘sha “kliyent”ning?
- Shu desang... 83 ta “ko‘k piyoz” kerak ekan.
- Ha, unda bir uchrashib qo‘ysak. Natijasi chakki bo‘lmaydiganga o‘xshaydi.
Yangi mijoz “Bahodir” bilan qo‘ng‘iroqlashib, uchrashuv joyini va vaqtini kelishib oldi. Belgilangan joyda 8 ming 300 AQSh dollarini berib, 51 mln. 792 ming so‘m pulni sanab ko‘rib, cho‘ntaklariga urishdi. Ammo juftakni rostlashga ulgurishmadi. Chunki zum o‘tmay huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qurshovida qolishdi...
B.Ro‘ziyev hamda R.Husanov jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon tuman sudining hukmi bilan tegishli jazoga tortildilar.
Mavzuga oid
07:40 / 22.06.2024
Ikki hududda tuproq jinslarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari aniqlandi
20:29 / 05.02.2024
Buxoro va Kogonda jamoat transporti yo‘lkira haqi oshdi
07:50 / 11.06.2022
Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi
08:32 / 21.08.2021