Andijon viloyati Buloqboşi tumanida, Farğona viloyati Boğdod tumanida valuta savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Buloqboşi tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan N.O. fuqaro S.Q.dan 4 000 AQŞ dollarini 51,7 mln sömga sotib olgan vaqtida uşlangan.
Tekşiruv davomida uning yonidan 586 AQŞ dollari, 14 750 Rossiya rubli, 4 770 Qirğiziston somi va 74,8 mln söm pullar aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şu kabi, Departamentning Bağdod tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan S.A. fuqaro M.X.ga 4 000 AQŞ dollarini 52 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.













