Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyaning amerikalik "haqiqiy qiroli" topildi
Foto: Globallookpress.com
Amerikaning Kolorado shtatida yashovchi Allan Evans (Allan V. Evans) Angliyaning chinakam qiroli ekanligini aytish uchun The Times gazetasidagi e'lon uchun eng katta joyni sotib oldi. Bu haqida The Independent xabar beradi.
Nashrning reklama uchun mo‘ljallangan sahifasida erkak o‘z avlodi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazgani haqida katta matn joylashtirgan. Evansning aytishicha, u o‘rta asrlarda Uelsning Gvined nomli kelt qirolliklaridan birining asoschisi bo‘lgan Kunedi ap Edernning bevosita avlodi sanaladi.
E'lon orqali u o‘zining uzoq qarindoshlari haqida «rasman ma'lum qilib», bir oy davomida o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilmoqchiligini aytib o‘tgan. Shuningdek, u boshqa «oilaviy mavqelar», qirollik unvoni va «Uels toji»ni qo‘lga kiritishga qaror qilganini ham ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, Evans o‘z nomzodi qirollik oilasi a'zosi sifatida rasman tasdiqlanishini so‘ramoqda.
Amerikalik hurmat yuzasidan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning tojiga tegmasligini, biroq u shahzoda Charlzga rahm qilmasligini qayd etgan.
Nashrning aytishicha, 2012 yilda Evans Tviggs (AQSh) shahridagi mol-mulkka egalik qilish uchun da'vo qilgan. U ajdodlariga tegishli deb atagan yerlarni baribir ham o‘zlashtira olmagan.
Mavzuga oid
21:56 / 14.01.2026
Maykl Kerrik «Manchester Yunayted»ni mavsum oxirigacha boshqaradi
14:52 / 21.04.2025
Okean ustidan g‘alaba
15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi
15:15 / 19.02.2025