Sport | 17:19 / 03.03.2017
17980
1 daqiqa o‘qiladi
Futbol afsonalaridan biri vafot etdi
Fransiyalik sobiq futbolchi, 1958 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Raymon Kopa 85 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Agency Frans Presse.
Shuningdek, Kopa 1958 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi edi. Bundan tashqari, fransiyalik futbolchi 1959 yilda Yevropaning ikkinchi yaxshi futbolchisi sifatida «Kumush to‘p»ni, 1956,1957 yillarda uchinchi futbolchi sifatida «Bronza to‘p»ini qo‘lga kiritgandi.
Futbolchi faoliyati davomida Madridning «Real», Fransiyaning «Anjyers», «Stad de Reyms» jamoalari to‘p surgan. Raymon Kopa Fransiya faxriy legioni ordeni (fransuz milliy ordeni, 1802 yilda Napoleon Bonapart tomonidan ta'sis etilgan, ritsarlik unvoni bilan tenglashtirilgan — Tribuna.Uz izohi) bilan mukofotlangandi.