Sport arbitraj sudi (CAS) UYeFAning sobiq prezidenti Mişel Platinining 6 yilga futbol faoliyatidan çetlatilişi böyiça berilgan apellyatsiyani körib çiqdi.
Sud qaroriga köra diskvalifikatsiya öz kuçida qolgan ammo uning muddati 6 yildan 4 yilga tuşirilgan. Şuningdek, qöllangan jarima miqdori 72 ming yevrodan 54,3 ming yevroga kamaytirilgan.
Eslatib ötamiz, 2015 yilning 21 dekabrida FIFAning etika qömitasi Yozeff Blatter va Mişel Platinini moliyaviy firibgarlikda gumon qilib 8 yil muddatga futbol faoliyati bilan şuğullanişdan çetlatgandi. 2016 yilning fkvralida FIFAning appelyatsiya qömitasi ikki amaldorning ham diskvalifikatsiyasi muddatini 6 yilga tuşirdi.
Bunga Platinining FIFA tizimida 1999 yilning yanvaridan 2002 yilning iyunigaça bölgan davrdagi xizmatlari uçun 2011 yilning fevralida 2 mln frank miqdorida tölov amalga oşirilgani şubhali köringani sabab bölgan.











